App Description

Inglizcha–o'zbekcha tanlangan so'zlarning ingliz va o'zbek tillaridagi izohli lug'ati

“Ingliz tilingizni mukammallashtiring” ilovasi o'zbek talabalariga ingliz tilining Amerika shevasidagi doimiy so'zlar va iboralarni chuqurroq tushuna olishlariga yordam berish maqsadida beshta kitobcha shaklida tuzilgan. Har bir kitobcha ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'z ichiga olgan bo'lib, bu so'zlar ishlatilish mavzusi bo'yicha guruhlarga bo'lingan. Masalan, “Tana aʼzolari va tanaga oid hodisalar” mavzusi tanaga aloqador so'zlarning guruhidir. Har bir bosh so'zdan keyin, shu so'zning Amerikacha inglizcha so'zlovchilar ishlatishi mumkin bo'lgan hamma maʼnolaridan namunalar berilgan. “Tana aʼzolari va tanaga oid hodisalar” kitobchasida faqatgina 64ta bosh so'z bor, xolos, lekin umumiy qo'shimcha maʼnolar 792ta, iboralar bilan idiomalar 408ta. Umuman, beshala kitobcha 684ta bosh so'zni, 1507ta ibora va idiomalarni va 4583ta maʼnolarini o'z ichiga olgan.

Bu kitobchalar to'plami ingliz tilida ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'zbeklar chuqurroq tushuna olishlariga yordam bera oladigan asbob bo'lib xizmat qiladi. Bu so'zlar ingliz tilida kengaytirilgan maʼnolarda ishlatiladi va tez-tez idiomatik iboralarda uchrab turadigan, odatdagi va doimiy so'zlardir. “Ingliz tilingizni mukammallashtiring” kitobchalar to'plami — tilni o'rgatadigan asbob bo'lib, bu odatdagi lug'atdan keskin farq qiladi. Foydalanuvchilar ko'pincha tarjima muqobillari yoki o'zbekcha so'zlar berilmaganligini sezishlari mumkin. Ammo har bir ibora yoki gapda so'zlarning aniq maʼnolari keltirilgan. Bu maʼnolar ingliz tilida yozilgan va o'zbekchaga ham tarjima qilingan.

Maʼnolardan keyin esa ingliz tilining Amerika shevasida ishlatiladigan so'z yoki iborani tasvirlovchi gaplar namunalari berilgan. Bu ham o'rganuvchilarga ingliz tilidagi so'zlar va iboralarning maʼnolarini chuqurroq bilishlariga, ularga so'z boyligini ko'paytirishlariga, har bir so'z va iboralarning aniq maʼnolarini o'zlashtirishiga yordam beradi.
Umid qilamizki, bu kitobchalar siz uchun ingliz tilini o'rgatuvchi asbob vazifasini (o'rganish jarayonida) bajaradi va undan foydalanish orqali siz ingliz tilingizni chuqurlashtirib olasiz.

Foydalanilgan asosiy manba:
WordNet: a lexical database for the English language, version 1.5. Princeton University, 1995.

Foydalanilgan boshga manbalar:
British National Corpus Sampler, release 1.1. Oxford University, 1999.
Collins Cobuild English Dictionary, John Sinclair, editor in chief. Harper Collins Publishers, London, 1995.
Longman Dictionary of Contemporary English, Adam Gadspy, editorial director. Longman Group Ltd., Essex, 1995.
The American Heritage Dictionary, Margery S. Berube, director of editorial operations. Del Publishing, New York, 1989.
Webster’s New World Compact School and Office Dictionary, Victoria Neufeldt, editor in chief. Macmillan, New York, 1989.

iPhone Screenshots

(click to enlarge)

Expand Your English: O'zbekcha screenshot 1 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 2 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 3 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 4 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 5 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 6 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 7 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 8 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 9 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 10

iPad Screenshots

(click to enlarge)

Expand Your English: O'zbekcha screenshot 11 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 12 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 13 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 14 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 15 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 16 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 17 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 18 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 19 Expand Your English: O'zbekcha screenshot 20

App Changes

  • September 15, 2023 Initial release

Other Apps From Forum Linguistik in Eurasien e.V.

Balóchi Mestag بلۆچی مستاگ Turkmen Bible انجیل ترکمنی کیتاب موقدس گیلکی Kalderasch Kinderbibel Sinti - Kinderbibel Pákén kessah gón aksán Balochi Folktales Adyghe Sounds Balochi-English Dictionary Hawrami Bible Zabur Balóchi زبور بلۆچی Bibel in Sinti-Romanes Bilderbibel in Sinti-Romanes Pygamberleriň ýaşaýşy Turkmen-English Dictionary Sinti Romanes Evangelien Încîla Lûqa (Dimlî/Zazakî) Markus-Evangelium - Kalderasch Adyghe Dictionary 100 Balochi Bible Stories Gospel of Luke (Dersim-Zazaki) Expand Your English: Ўзбекча Miracle Book Balochi Keyboards La Bible en Romanes